35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
KO‘KSAROY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

KO‘KSAROY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI O‘RGANILDI

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "14-O'rikzor" okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abduraximovich tashabbusi bilan Ko‘ksaroy mahallasida “mahalla yettiligi” vakillari hamda bank agenti bilan birgalikda hududdagi tadbirkorlik subyektlari hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar ko‘chama-ko‘cha o‘rganildi.

⚙️ Bugungi kunda mahallada 34 ta ko‘cha, 1 306 ta xonadon va 2 102 ta oila mavjud bo‘lib, jami 6 736 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Mahalladagi xonadonlarning barchasi hovli-joylardan iborat bo‘lib, ko‘cha boshilari va aholi hamkorligida hududdagi ko‘plab masalalarni birgalikda hal etishga e’tibor qaratilmoqda.

🕯 O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holatiga ham e’tibor qaratildi. Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan 21 nafar fuqaro Ijtimoiy reyestrga kiritilgani, shundan 10 nafari davlat ta’minotida ekani ma’lum qilindi.

📁 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori asosida mahalla mablag‘lari hisobidan avtobus bekati atrofiga asfalt qoplamasi yotqizilgani va tutash hududlar tartibga keltirilgani joyiga chiqib o‘rganildi.

↗️ Mahalladagi hokim yordamchisi Anvar Shoimov tomonidan bank agenti bilan hamkorlikda fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.

🗣 O‘rganish yakunida aholi murojaatlarini manzilli hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7