35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputatlik so‘rovi natijasida Yangisanoat mahallasida elektr tarmog‘ini modernizatsiya qilish ishlari dasturga kiritildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati tomonidan Yangisanoat mahallasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash hamda qo‘shimcha 10 dona temir-beton tayanch o‘rnatish masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Javob xatida qayd etilishicha, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, Yangisanoat mahallasidan o‘tuvchi 6 kVli “Charxin” elektr uzatish tarmog‘idagi ayrim temir-beton tayanchlarni almashtirish hamda qo‘shimcha tayanchlar o‘rnatish zarurligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, hududda 10 dona yangi temir-beton tayanch o‘rnatish ishlari elektr tarmoqlarini yangilash, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturga kiritilgan.