35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputatlik so‘rovi nazoratida: Sanchiqul mahallasida yangi elektr tarmog‘ini ulash ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Dilnoz Jabbarova tomonidan Sanchiqul MFY G‘alaba ko‘chasidagi elektr tarmog‘ini elektr ta’minotiga ulash masalasida yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Javob xatida qayd etilishicha, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganish natijasida hududda yangi elektr tarmog‘ini qurish uchun zarur tayanchlar o‘rnatilgani hamda elektr kabellari yetkazib kelingani aniqlangan.

Ayni paytda elektr tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha yakuniy montaj va ulash ishlari uchun mutaxassislar biriktirilgan bo‘lib, barcha tashkiliy choralar ko‘rilmoqda.

Rejaga muvofiq, 2026-yil avgust oyi yakuniga qadar G‘alaba ko‘chasidagi elektr tarmog‘ini elektr ta’minotiga ulash ishlari to‘liq yakunlanadi.

Slide 1 of 1