35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Uy-joy ta’miri masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan Achchiqko‘l saylov okrugi tarkibidagi Achchiqko‘l mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Xalqobod ko‘chasi, 25-uyda istiqomat qiluvchi oilaning yashash sharoiti, xonadon holati hamda uy-joyni ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyoji mahalla faollari bilan birgalikda atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Mazkur xonadonda olib borilishi lozim bo‘lgan ta’mirlash ishlari, jumladan uy-joyning mavjud holati, ustuvor ravishda talab etiladigan ta’mir yo‘nalishlari hamda oilaga amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroning turmush sharoitini yaxshilash, uy-joy ta’mirini belgilangan tartibda tashkil etish hamda ehtiyojmand oilaga ko‘mak berish borasida tegishli takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4