35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
"Hokim deputatlik okrugida o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda"

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 4-Novza saylov okrugi deputati, Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev "Novza" mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishishni davom ettirmoqda.
Navbatdagi o‘rganish davomida tuman hokimi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla faollari hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, yashil hududlarni kengaytirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay infratuzilmani shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida mahalla Kengashi a’zolari va kommunal xizmatlar vakillari ham faol ishtirok etib, aniqlangan masalalarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Ta’kidlanganidek, har bir oqilona tashabbus va fuqarolarning faol ishtiroki mahallani yanada obod, fayzli va yashash uchun qulay hududga aylantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4