35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan fuqarolar murojaatini ijobiy hal etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi Qo‘qon shahar “Vaqf Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Jasorat ko‘chasi 29-uyda istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ona Soliyeva Bashoratning yashash uyi ta’mirtalab holatga kelgani yuzasidan fuqaroning murojaati asosida tayyorlandi. Fuqaro nogironligi bo‘lgan farzandi bilan istiqomat qilayotgani inobatga olinib, uning yashash sharoitlarini yaxshilash masalasi deputat tomonidan alohida nazoratga olindi.

Deputatlik so‘rovi Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i nomiga yo‘llanib, fuqaroning uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, ularning muddatlari hamda ko‘rsatiladigan amaliy yordam yuzasidan asoslantirilgan rasmiy ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik so‘rovi orqali ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash hamda ularning murojaatlarini qonunchilik asosida o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashish maqsad qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi va ko‘rilayotgan choralar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib boriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2