35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
SESSİYA QARORLARI AMALDA: ULONQUL MFYDA IJTIMOIY HIMOYA VA "YASHIL ENERGIYA"

SESSİYA QARORLARI AMALDA: ULONQUL MFYDA IJTIMOIY HIMOYA VA "YASHIL ENERGIYA"

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, deputat D.Safarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov birgalikda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining sessiya qarorlari ijrosi va ularning joylardagi amaliy natijalari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida Kengash qarorlari shunchaki qog‘ozda emas, balki fuqarolarimiz xonadonida o‘zining amaliy ifodasini topayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

"Ulonqul" MFYda amaliy ko‘mak:
O‘rganishlar doirasida "Ulonqul" MFYda yashovchi, Kambag‘allik reestrida turuvchi fuqaroning xonadonida bo‘lindi.

Uy-joy holati yaxshilandi: Fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida xonadonda ta’mirlash (remont) ishlari to‘liq amalga oshirildi.
Muvaffaqiyatli "Yashil energiya": Aholi xonadonining uzluksiz va tejamkor elektr energiyasi bilan ta’minlanishini yo‘lga qo‘yish uchun ushbu xonadonga zamonaviy quyosh panellari (batareyalari) o‘rnatib berildi.