35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 1-“O'zbekiston” saylov okrugidan saylangan deputat D.Safarova o‘z okrugiga qarashli “O'zbekiston” MFYda bo‘lib, deputat sifatida mahalla yettiligining ish samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Mahalla yettiligi” tizimining joylardagi ijrosi, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy daftarlar (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”) bilan ishlash holatiga qaratildi.

Deputat mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimdan iborat yettilik a’zolarining o‘zaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini tahlil qildi.