35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Qonun_targʻiboti

DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM KO‘RSATISH TIZIMI — FUQAROLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING MUHIM KAFOLATI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zosi M.Mirzayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ–848-son "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda mazkur Qonunning asosiy maqsadi davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, aholining, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning malakali yuridik yordam olish huquqini kafolatlash hamda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat ekani alohida ta'kidlandi.

Tadbir davomida Qonunning fuqarolar uchun yaratilgan muhim imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Xususan, kam ta'minlangan shaxslar, ruhiy holati buzilgan fuqarolar, gender tengligi buzilganligi yuzasidan sudga murojaat qilayotgan shaxslar hamda qonunchilikda belgilangan ayrim toifadagi gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar va sudlanuvchilarga davlat hisobidan malakali advokat yordami ko‘rsatilishi qayd etildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimining qonuniylik, shaffoflik, inson huquqlari ustuvorligi, xolislik, advokatlik siri va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kabi asosiy prinsiplarga tayanishi haqida tushuntirishlar berildi.

Seminarda Qonunga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini boshqarish va muvofiqlashtirish vakolati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuklatilgani, mazkur tizimda advokatlar maxsus reyestr asosida faoliyat yuritishi hamda "Yuridik yordam" axborot tizimi orqali elektron tarzda jalb etilishi to‘g‘risida ham batafsil ma'lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda O‘RQ–848-son Qonun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4