35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Qabristonlarni obodonlashtirish – qadriyatlarimizga hurmat ifodasi

Mahalliy Kengash deputati sifatida ushbu ezgu tashabbusni yuksak qadrlayman. Mahalla faollari, yoshlar va keng jamoatchilikning bir maqsad yo‘lida birlashib, qabristonlar hududini tartibga keltirayotgani, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etayotgani yuksak fuqarolik mas’uliyati namunasidir.
Bugungi kunda qabristonlarda hasharlar tashkil etilib, hududlar begona o‘t va chiqindilardan tozalanmoqda, qabrlar atrofi tartibga keltirilmoqda, daraxt va manzarali gullar ekilib, yo‘laklar obod qilinmoqda. Shuningdek, hududlarni devor bilan o‘rash va ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ham muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu kabi xayrli ishlar nafaqat qabristonlarning obod qiyofasini ta’minlaydi, balki yosh avlod qalbida muqaddas qadamjolarga ehtirom, poklik va jamoatchilik mas’uliyati kabi yuksak fazilatlarni mustahkamlaydi.
Barcha faollar, hashar qatnashchilari va bu xayrli ishlarga hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Birgalikdagi say-harakatlarimiz bilan tumanimiz yanada obod, ozoda va fayzli maskanga aylanib boradi.

Mamadiyev Shoxruxmirzo
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman kengashi deputati

Slide 1 of 3