35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
3-Katta Chilonzor saylov okrugida hududni o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Sultanov Bahodir Turg‘unovich 3-Katta Chilonzor saylov okrugi hududidagi 2-Katta Chilonzor mahallasida mahalla faollari ishtirokida hududni kompleks o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalla infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari, kommunal xizmatlar sifati, sanitariya holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida hududni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif hamda mulohazalar muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ularning ijrosini ta'minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va mahallalarni izchil rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5