35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Sessiya kun tartibidagi masala hamda Qonun ijrosi o'rganildi

#sessiya_kun_tartibidagi_masala
#biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonun
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Sessiya kun tartibidagi masala hamda Qonun ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Donayev hamda A.Mamarajabov Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tumani bo‘limida bo‘lib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tumani bo‘limi boshlig‘ining tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda “Yoshlar daftari” bilan ishlash yo‘nalishlarida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti” yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida hisobotda keltirilgan ko‘rsatkichlarning amaldagi holati, yoshlar bandligini ta’minlash, “Yoshlar daftari” bilan ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarga qaratilgan davlat dasturlari ijrosi tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham o‘rganish o‘tkazildi. Unda qonun talablarining ijrosi, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi yuzasidan tegishli tahlillar olib borildi.

Bundan tashqari, mazkur tashkilot Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati A.Abdinazarovga biriktirilgan tashkilot ekanligi munosabati bilan deputat va tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3