35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Hokim yordamchisi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, 7-"Qipchoqariq" saylov okrugidan saylangan Sh.Nazarova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Vaqf Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi S.Ochildiyevning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratish hamda ularning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, “Vaqf Chorsu” MFY, Sarbon ko‘chasi 94/9-a-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Ismoilovaning murojaati o‘rganildi. Aniqlanishicha, fuqaro o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish va oilaviy daromadini oshirish maqsadida imtiyozli kredit olish bo‘yicha tavsiya etilgan bo‘lib, mazkur holat yuzasidan amaliy ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroning tadbirkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit ajratish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari hamda amaldagi tartiblar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, murojaatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi X.Abdullayevlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4