Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilishda komissiya a’zolari, Rishton tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

📋 Kun tartibidagi asosiy masala:

Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida mahalliy budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining ta’minlanishi hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Nurmatovaning hisoboti tinglandi.

💬 Muhokamalar davomida budjet daromadlari bazasini kengaytirish, soliq tushumlarini oshirish, soliq qarzdorligini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Slide 1 of 1