Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Olmazor tumanida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan strategik islohotlar muhokama qilindi

 Olmazor tumanida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan strategik islohotlar muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yilning 4-iyul sanasida Toshkent shahrining Sergeli tumaniga tashrif buyurib, tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishish jarayonida, Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilinib, tuman hokimlari va ma’sullarga bir qator vazifalar yuklatilgan edi.

🗣 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Olmazor tumanida yangi tizimda rivojlanishning 2026-2027-yillarda amalga oshiriladigan strategik yo’nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining sessiyasida Olmazor tumanini yangi tizim asosida rivojlantirishning 2026–2027-yillarda amalga oshiriladigan strategik yo‘nalishlari bo‘yicha islohotlarni hayotga tatbiq etish chora-tadbirlar rejasining mazmun-mohiyati yuzasidan Olmazor tuman hokimi Tulyaganov Kudratilla Asatullayevich tomonidan hisobot taqdim etildi.

📌 Hisobotda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, mahallalarda mavjud muammolarni tizimli hal etish, investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda fuqarolar farovonligini ta'minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar va amaliy chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

📌 Sessiya davomida deputatlar tomonidan chora-tadbirlar rejasi yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

📌 Yangi tizim asosida belgilangan strategik yo‘nalishlarning izchil amalga oshirilishi Olmazor tumanining barqaror rivojlanishi va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 6