35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan Kadastr agentligi tuman bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘lim boshlig‘i A.Mamadaliyev ishtirokida yer uchastkalari, bino va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulk obyektlariga oid ma’lumotlarning yagona axborot tizimida yuritilishi, kadastr ma’lumotlarining haqqoniyligi va doimiy yangilanib borishi holati tahlil qilindi. Shuningdek, davlat kadastrlarini yuritish qonunchilikda belgilangan tartib va talablar asosida amalga oshirilayotganligi muhokama qilindi. Davlat kadastri geografik joylashuv, huquqiy maqom, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari hamda bahoga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona tizim sifatida yuritilishi belgilangan.

Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etilishi, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, navbatlarni qisqartirish, xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda murojaatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, davlat kadastrlari ma’lumotlarining ishonchliligini oshirish, aholiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish hamda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3