35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
"Luqmon" mahallasida kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida "Luqmon" mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahallada aholini kambagʻallikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda ehtiyojmand fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiya va boshqa ko‘maklarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Muloqotlar jarayonida ayrim fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mahallada kambagʻallikni qisqartirish dasturlari ijrosini yanada kuchaytirish, aholini doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash hamda mikroloyihalarning ijrosi va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5