35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengash raisi Abduraim Choriyev namunali xonadonda bo‘ldi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Abduraim Choriyev 16-Qaldirg'och saylov okrugi, Bandixon tumanining "Qaldirg‘och" mahallasida istiqomat qiluvchi Yaxshiboyev Gulboy xonadonida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanish hamda issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur xonadonda 4 sotix maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etilgan bo‘lib, unda pomidor yetishtirilmoqda. Issiqxona faoliyati natijasida birinchi mavsumning o‘zida 15 million so‘m daromad olingani qayd etildi.

Tashrif davomida tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, aholi bandligini ta'minlash, oilalar daromadini oshirish va bu kabi ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda bunday namunali xonadonlar tajribasini keng targ‘ib etish, tomorqachilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish orqali aholi farovonligini yanada oshirish muhimligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 3