35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Robototexnika muhandislik xonasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan 27-sonli umumta’lim maktabida Kengash qaroriga asosan tashkil etilgan robototexnika muhandislik xonasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida robototexnika xonasining zamonaviy texnik vositalar, kompyuter uskunalari, robototexnika to‘plamlari hamda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning muhandislik tafakkurini rivojlantirish, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida nazariy hamda amaliy bilimlarini mustahkamlash uchun yaratilgan imkoniyatlar, mashg‘ulotlarni tashkil etish sifati hamda o‘quv jarayonining samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Komissiya a’zolari tomonidan robototexnika xonasidan samarali foydalanish, o‘quvchilarni innovatsion texnologiyalar va muhandislik yo‘nalishlariga keng jalb etish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni ta’minlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunida mazkur loyiha yoshlarning zamonaviy kasb va texnologiyalarni puxta egallashi, ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda kelajakda malakali muhandis va IT mutaxassislarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4