35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna 8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi "1-Qatortol" mahallasida bo‘lib, hududning sanitariya-tozaligi hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida Qatortol 2-tor ko‘chasi 1A va 12-uylar atrofida maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlandi. Mazkur holat hududning sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligi, atrof-muhitning ekologik holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi hamda fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

Aniqlangan muammoning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, mazkur hududda aholi soni va ehtiyojidan kelib chiqib maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun mavjud infratuzilmani takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi. Xususan, ushbu manzilga qo‘shimcha maxsus maishiy chiqindi konteynerlarini o‘rnatish orqali chiqindilarni tartibli yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi bildirildi.

Deputat tomonidan ushbu masala yuzasidan hududning sanitariya holatini yaxshilash, ekologik osoyishtalikni ta'minlash hamda fuqarolar uchun sog‘lom va qulay yashash muhitini yaratish maqsadida mas'ul tashkilotlar tomonidan tegishli o‘rganishlar o‘tkazilib, amaliy choralar ko‘rilishi yuzasidan tegishli takliflar ilgari surildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3