35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Olmazor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
Olmazor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati F. Akramova hamda Olmazor tumani Kengashi deputati U. Fayziyeva hamkorligida Olmazor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

💡 O‘rganish davomida ta'lim-tarbiya jarayonining sifati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari, oziq-ovqat ta'minoti, moddiy-texnik baza hamda pedagog xodimlarning faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Mazkur o‘rganish ishlari "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida"gi, "Ta'lim to‘g‘risida"gi hamda "Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunlar ijrosi doirasida amalga oshirilib, ta'lim muassasalarida sifatli ta'lim-tarbiya muhitini ta'minlash, bolalar manfaatlarini himoya qilish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

🧒 Bolalar salomatligi va xavfsizligi — jamiyat kelajagining mustahkam poydevoridir. Har bir maktabgacha ta'lim tashkilotida sog‘lom, xavfsiz va zamonaviy sharoitlarni yaratish, ularning har tomonlama barkamol voyaga yetishini ta'minlash barchamizning ustuvor vazifamiz hisoblanadi.
Slide 1 of 7