35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Deputat mahallada Fayzobod MFYda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash holati o‘rganildi

Fayzobod MFYda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash holati o‘rganildi

Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘lidagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p содир бўлаётган жойларда YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar 15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilovaga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G. Xudoyqulova tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman IIB JXX YHXB bo‘lim xodimi bilan muloqot qilinib, yo‘llardagi yo‘l belgilari, tezlikni kamaytiruvchi sun'iy to‘siqlar va radarlar holati yuzasidan suhbatlashildi.

Suhbat davomida mas'ul xodim tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash hamda qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida tegishli oylik tadbirlar o‘tkazilayotganligi ma'lum qilindi.

Hududlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, piyodalar va haydovchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar doimiy nazoratga olingan.

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw