35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Fuqarolar murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 3-"Achchiqko'l" saylov okrugidan saylangan deputati M.Mavlonkulov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va fuqarolar qabullari davomida bildirilgan murojaatlar asosida deputat so‘rovi yuborildi.

Xususan, "Uzumzor" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan Ittifoq ko‘chasida joylashgan chiqindixonada chiqindi qutilari sonini ko‘paytirish hamda mavjud qutilarni ta’mirlash ishlari talab darajasida olib borilmayotgani yuzasidan murojaat bildirildi.

Murojaatni atroflicha o‘rganish natijasida deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborilib, mazkur hududda chiqindilarni yig‘ish tizimini takomillashtirish, qo‘shimcha chiqindi qutilarini o‘rnatish, mavjudlarini ta’mirlash hamda chiqindixonaning faoliyatini amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan sanitariya va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, aholi uchun qulay va toza ekologik muhitni ta’minlash hamda murojaatda ko‘tarilgan masalani belgilangan tartibda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar ilgari surildi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2