35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 19-Quduqsoy saylov okrugidan saylangan deputat G. Xolmatova hududidagi “Quduqsoy” mahallasida bo‘lib, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlar faoli faoliyati hamda mavjud muammolarni o‘rganib chiqdi.

Tashrif davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat G. Xolmatova xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, aholi bilan ishlash jarayoni, oilaviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalash va mahallada ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi faoliyat bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va yechim topish muhimligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan hududdagi ijtimoiy masalalarni o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqot olib borish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar doimo e’tiborda bo‘ladi.

Slide 1 of 1