35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 ✅ Deputatlik nazorati: PQ–141-son qarori ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev hamda hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 11-Chuqurko‘l saylov okrugi deputati T. Shodiyev saylov okrugiga qarashli "Chuqurko‘l" mahallasida deputatlik nazorati olib bordi.

🔹 Nazorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-sonli "Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🌿 Xususan, "Chuqurko‘l" mahallasining sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida daryo qirg‘oqlarini 550 metr masofada betonlash ishlari o‘rganilib, qurilishning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha talablarining bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Ta’kidlanganidek, bunday deputatlik nazoratlari hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining samarali hamda sifatli bajarilishini ta’minlash, aholining manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4