35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ–931-son "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash hamda uni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarining xizmat vazifalarini xolis, shaffof va halol bajarishini ta'minlash hamda korrupsiyaning oldini olishdan iborat. 

Qonunga muvofiq, manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning xizmat vazifalarini xolis va vijdonan bajarishiga ta'sir qilayotgan yoki ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek shaxsiy manfaat bilan davlat, jamiyat, fuqarolar yoki tashkilotlarning qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatdir. 

Mazkur Qonun:

- davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
- davlat muassasalari va davlat unitar korxonalariga;
- davlat maqsadli jamg‘armalariga;
- ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi. 

Qonun bilan quyidagi muhim talablar belgilangan:

- davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ichki tizimni joriy etish;
- xodimlarning ehtimoliy va mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqida belgilangan tartibda deklaratsiya va xabarnoma taqdim etishi;
- manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganda uni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- manfaatlar to‘qnashuvini nazorat qilish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar faoliyatini tashkil etish;
- manfaatlar to‘qnashuvi talablarini buzgan shaxslarning qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarligini ta'minlash. 

Shuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat organi yoki tashkiloti xodimi ishga kirishda, boshqa lavozimga o‘tkazilganda hamda shaxsiy ma'lumotlari o‘zgarganida ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda esa bu haqda bir ish kuni ichida bevosita rahbariga yoki mas'ul bo‘linmaga yozma ravishda xabar berishi shart. 

Mazkur Qonun davlat boshqaruvida ochiqlik, xolislik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.