35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan 2-Konchi saylov okrugiga qarashli 61-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasa rahbariyati tomonidan maktabda alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun “To‘siqsiz muhit” yaratish hamda korreksion sinf xonasini zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, korreksion sinf xonasini zarur mebel, maxsus didaktik vositalar va o‘quv jihozlari bilan ta’minlashda amaliy yordam zarurligi qayd etildi.

Mazkur masala yuzasidan deputat G.Xusanova tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazib, korreksion sinf faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, “To‘siqsiz muhit” talablarini to‘liq ta’minlash hamda sinf xonasini zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4