Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat so‘rovi ijrosi nazoratda

22-Dovkash saylov okrugi deputati B. Sadikova tomonidan Pastdarg‘om tumanidagi 35-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganilib, ta’lim sifatini ta’minlashga ta’sir etayotgan qator muammolar yuzasidan deputat so‘rovi kiritilgan edi.

Mazkur deputat so‘rovi tegishli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqildi. Unda maktabda o‘quvchilar sonining ortib borayotgani sababli sinfxonalar yetishmasligi hamda sport jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi talabga to‘liq javob bermasligi qayd etildi.

Bildirilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida:

🔹 qo‘shimcha o‘quv xonalarini tashkil etish bo‘yicha tegishli investitsiya va qurilish dasturlariga taklif kiritish;

🔹 maktabni zarur sport jihozlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;

🔹 amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam monitoring olib borish belgilandi.

Shuningdek, masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yakunlari bo‘yicha deputatga qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ma’lum qilindi.