Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#_deputat_faoliyati Mahalla infratuzilmasi deputat nazoratida
#_deputat_faoliyati
Mahalla infratuzilmasi deputat nazoratida


Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Shamsutdin Oripov, tuman Kengashi raisi M.Ashurov, tuman Kengashi deputati A.Safarov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasritinovlar tomonidan tumandagi “Yangihayot” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mahallaning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy holati, hududni obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan belgilangan vazifalar atroflicha tahlil qilindi.
Mas’ullar tomonidan mahalladagi ichki yo‘llar, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ko‘chalarni obodonlashtirish, sanitariya holati, kommunal xizmatlar sifati hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud muammolarga tezkor yechim topish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalladagi ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimi, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Mazkur yo‘nalishlarda mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Bunday o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy soha samaradorligini yuksaltirish hamda fuqarolarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosi xalq deputatlari Kengashi tomonidan doimiy nazoratda bo‘ladi.
Slide 1 of 3