Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalla manfaatlari va fuqarolar murojaati e'tiborda

Aniqlanishicha, Mahtimquli va Furqat ko‘chalarining ayrim qismlarining boshqa mahallalar hududiga biriktirilishi mahalla faoliyatini tashkil etish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida qator amaliy muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Bu holat:
🔹 mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini tashkil etish;
🔹 "mahalla yettiligi" ishlarini muvofiqlashtirish;
🔹 fuqarolarni hisobga olish;
🔹 ijtimoiy yordam va davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
🔹 aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlariga bevosita ta'sir ko‘rsatmoqda.

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda:
✅ mahalla chegaralarining qonuniy asoslarini o‘rganish;
✅ manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish;
✅ fuqarolar manfaatlarini inobatga olgan holda amaliy takliflar ishlab chiqish;
✅ ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javob taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat deputatlik nazoratida bo‘lib, mahallalarda uchrayotgan muammolarni qonuniy asosda hal etish hamda aholining manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.