Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Muammo joyida o‘rganildi: "Yulduz" mahallasidagi Shiroq ko‘chasida aniqlangan holatlar deputatlik nazoratiga olindi

🔎 O‘rganish davomida ushbu ichki ko‘cha orqali harakatlanadigan to‘rtta xonadon aholisi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

⚠️ Aniqlanishicha, ko‘cha boshida yashovchi fuqaro tomonidan o‘z xonadoni ro‘parasidagi ichki yo‘l qismi burchatka qoplamasi bilan qoplangan. Mazkur holat natijasida ushbu yo‘ldan transport vositalari harakatlanganda qoplamaning cho‘kishi yuzaga kelayotganligi sabab qilib ko‘rsatilib, yo‘lga turli to‘siqlar o‘rnatilgan. Natijada ichki ko‘chadan foydalanadigan boshqa xonadon egalari transport vositalarida erkin kirib-chiqishda jiddiy noqulayliklarga duch kelmoqda.

💬 Bundan tashqari, qarama-qarshi tomondagi xonadonlardan yomg‘ir suvlari bevosita yo‘lga oqib tushayotgani sababli yo‘l asosining yemirilishi, burchatka qoplamasining o‘pirilishi va cho‘kishi kuzatilgani aniqlandi. Mazkur holat nafaqat yo‘l infratuzilmasiga zarar yetkazmoqda, balki transport harakati va fuqarolarning kundalik hayoti uchun ham noqulaylik tug‘dirmoqda.

🤝 Hududda yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Muammoning kelib chiqish sabablari, amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib uni bartaraf etishning huquqiy va amaliy yechimlari yuzasidan mas'ullar bilan muhokamalar olib borildi.

📝 O‘rganish yakunida Shiroq ko‘chasida aniqlangan barcha holatlar 2-"Yulduz" saylov okrugi deputati I.Shatovaning **"Murojaatlar daftari"**ga batafsil qayd etilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

📨 Shuningdek, mazkur masalani har tomonlama o‘rganish, yo‘lning huquqiy maqomi, undan umumiy foydalanish tartibi, transport harakatini cheklash holatining qonuniyligi hamda yo‘l infratuzilmasini tiklash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish maqsadida shaharning tegishli mutasaddi tashkilotlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

✅ Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan fuqarolarni qiynayotgan har bir muammoni joyiga chiqib o‘rganish, uni qonuniy asosda hal etish va natijador deputatlik nazoratini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 5