Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, "Mahalliy byudjet va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash" doimiy komissiyasi a’zosi M.Yunusov tomonidan Qo‘qon shahar Kadastr bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi O‘RQ-171-II-sonli "Davlat kadastrlari to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida Kadastr bo‘limida davlat kadastrlarini yuritish, ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer uchastkalari va ularga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish, kadastr ma’lumotlarining aniqligi hamda fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yer va ko‘chmas mulk obyektlariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda aholiga qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida davlat kadastrlari sohasidagi islohotlarning amaliy natijalari, sohaga joriy etilgan zamonaviy axborot tizimlari hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2