Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi A.Olimov faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi A.Olimov tomonidan Qonun talablarining amaliy ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, 1 nafar talaba yoshning kontrakt to‘lovi qoplab berilgani, og‘ir toifadagi 5 nafar yoshning haydovchilik guvohnomasi olish kurslari uchun to‘lovlari amalga oshirilib, ularning o‘qishga jalb etilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, mahalla yoshlari sport va vatanparvarlik yo‘nalishidagi musobaqalarda ham faol ishtirok etayotgani, xususan, "DXX raisi kubogi" musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, bu boradagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev hamda A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3