Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga "Noib ko‘prigi" saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida tasdiqlangan reja-grafik asosida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini o‘rganishda amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

Qabul davomida A.Nabiyev ko‘chasi, 21-uyda yashovchi fuqarolar Madumarova Xushruya hamda Madumarov Salimjon o‘z xonadonini ta’mirlash masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar.

Mazkur murojaat deputat tomonidan joyida o‘rganilib, fuqarolarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Murojaatda ko‘rsatilgan holatlar asosli deb topilib, xonadonni ta’mirlash masalasida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish va zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Murojaat ijrosi deputat tomonidan nazoratga olinib, masalaning qonunchilikda belgilangan tartibda ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3