Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
DEPUTAT MAHALLADA.AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQD.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 7-“Xisorak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi Chinorbuloq mahallasining Tolichi ko‘chasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan muhim masalalar, jumladan,mahalla hududidan o‘tuvchi ariqlarni betonlashtirish yoki ularga lotoklar o‘rnatish, shuningdek, tomorqa ekinlarini sug‘orish uchun suv ta’minotini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.Fuqarolar mazkur muammolarning yechimi yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Xususan, fuqarolar Kuchkanboyev Vahobiddin Sayoxiddinovich va Tojiboyev Abdurashid Latifboyevich tomonidan mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, tomorqa ekinlarini sug‘orish uchun suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha deputatga murojaat qilindi.Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari atroflicha o‘rganilib, mazkur masala hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi hamda nazoratga olindi. Ushbu masalalarni hal etish yuzasidan tegishli yuqori tashkilotlarga rasmiy tartibda yetkazish va ijobiy yechim topish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi yuzasidan kelishib olindi.Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.  

Slide 1 of 3