Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli U.Mansurovaning O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan Qonun talablarini amalda ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, 2 nafar ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgani, 5 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgani hamda uzoq muddat xorijda bo‘lgan 5 nafar xotin-qizning Vatanga qaytishiga ko‘maklashilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, himoya orderlarini rasmiylashtirish tartibi hamda ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev hamda A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3