Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalla aholisi bilan deputat qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 13-«Shabada» saylov okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin Hazratqulovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov ishtirokida tumandagi «Yangidiyor» mahallasi aholisi uchun navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish choralarini belgilashdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni asfaltlash, ichimlik suvi tarmog‘ini kengaytirish, suyultirilgan gaz ballonlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.

Bunday sayyor qabullar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlanishini ta’minlaydi.

Slide 1 of 3