Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish ustidan deputatlik nazorati izchil davom etmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 13-«Shabada» saylov okrugidan saylangan deputat Muxammadieva Barchin hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov deputatlik nazorati doirasida tumandagi «Yangi diyor» mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faolining faoliyatini atroflicha o‘rgandilar.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish, imtiyozli kreditlar hamda davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalardan foydalanish holati tahlil qilindi. Shuningdek, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy, tibbiy va huquqiy muammolarini hal etish, kam ta’minlangan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar yuzasidan ham o‘rganishlar olib borildi.

Shu bilan birga, mahallada oilalar mustahkamligini ta’minlash, erta nikoh va ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik va ma’naviy-ma’rifiy ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi, har bir murojaat bo‘yicha ko‘rilgan choralar, mahalladagi ehtiyojmand xotin-qizlarning elektron ma’lumotlar bazasi hamda davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar holati ham ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 1