Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalladagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 13-Shabada saylov okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov tomonidan deputatlik nazorati doirasida tumandagi “Yangi diyor” mahallasida joylashgan 12-son maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi hamda davlat tomonidan belgilangan talab va standartlarga rioya etilish holatini joyiga chiqqan holda baholashdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida guruh xonalari, mashg‘ulot xonalari, musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun ajratilgan joylar, oshxona, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash xonalari, tibbiyot xonasi, hududdagi bolalar o‘yin maydonchalari hamda muassasaning obodonlashtirilgan hududi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinishi, yong‘in va texnika xavfsizligi talablari, ichimlik suvi ta’minoti, mavsumga tayyorgarlik hamda moddiy-texnik baza holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilarning kun tartibi, ovqatlanish sifati, ta’lim dasturlarining amalga oshirilishi, pedagog va tarbiyachilarning faoliyati, bolalarning intellektual, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga qaratilgan mashg‘ulotlarning tashkil etilishi yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha muloqot qilindi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosi, ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng joriy etish, bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 3