Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
📍 Chekka qishloqdagi madaniyat markazlari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda 23-Ijtimoiyat saylov okrugi deputati Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li o‘z saylov okruglarida joylashgan madaniyat markazlari faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, ularning ish samaradorligi, qamrov darajasi hamda aholining madaniyat markazi xizmatlaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, markazlarda tashkil etilgan kutubxonalar faoliyati ham o‘rganildi.
Chekka qishloqlarda kitobxonlikni sevuvchi, san’at va ijodga qiziqadigan yoshlarning ko‘pligi deputatlarda iliq taassurot qoldirdi. Ular bunday maskanlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar.

Slide 1 of 5