Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
📋🤝 IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan deputati Yaqubov To‘lqin Sa’dullayevich tomonidan 15-Taraqqiyot saylov okrugi hududidagi Taraqqiyot mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati o‘rganildi.
👥 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati xodimi Umrbek Shavkatovich Ro‘zmetov ham ishtirok etdi.
📖 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-son Qonuni talablarining joylardagi ijrosi, ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
🏡 Shuningdek, mahalladagi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ehtiyojlarini aniqlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
💬 O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash hamda ehtiyojmand fuqarolarga manzilli va samarali yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2