Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining XDP deputatlik guruhi rahbari Shoxzoda Kurbanova boshchiligidagi ishchi guruh “Chimyon” mahallasidagi
148-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida muassasada bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsizlikni ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan:
– bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy ishlar holati;
– xavfsizlikka oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalarning amalda qo‘llanilishi;
– bino va inshootlarning texnik holati hamda xavfsizlik talablariga mosligi;
– bolalarning ta’lim olishi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan sharoitlar;
– oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha hujjatlar yuritilishi;
– ovqatlantirish jarayonining sanitariya-gigiena talablariga muvofiqligi;
– oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvining sifati hamda xavfsizligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, xavfsizlikni yanada kuchaytirish hamda mavjud sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli takliflar berildi.

Slide 1 of 3