Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norqorayev tomonidan 20-Ahron saylov okrugi hududida joylashgan Novbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi har bir ko‘chaga biriktirilgan ko‘cha oqsoqollari bilan hamkorlikda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar, xususan, patronaj hamshiralar tomonidan xonadonlarga tashrif buyurish holati, tibbiy kuzatuv sifati hamda aholining bu boradagi fikr va takliflari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining hisoboti kiritilishi rejalashtirilgani munosabati bilan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar va bildirilgan takliflar umumlashtirilib, navbatdagi sessiyada muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan tegishli takliflar tayyorlanadi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib tahlil qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2