Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#munosabat

2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari talabalariga ajratiladigan davlat stipendiyalari kvotasining tasdiqlangani yoshlarni ilm-fan va innovatsiyaga yanada kengroq jalb etishga xizmat qiladigan muhim qarordir. Ayniqsa, 776 ta davlat stipendiyasining 187 tasi Prezident stipendiyasi ekani iqtidorli, izlanuvchan va yuqori natijalarga erishayotgan talabalarga davlat tomonidan berilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.

Bugungi kunda mamlakatimizda bilimli, tashabbuskor va raqobatbardosh yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Davlat stipendiyalari nafaqat moddiy rag‘bat, balki yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni yangi yutuqlarga undashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Biz, xalq deputatlari sifatida, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni har doim qo‘llab-quvvatlaymiz. Ishonamizki, ushbu stipendiyalar sohiblari kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishadilar.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G.Jabborova