Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Narpay tumanida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Narpay tumanida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

✍️Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari tomonidan Narpay tumanidagi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

🇺🇿Tadbirda 34-Oqtosh saylov okrugi deputati Mavlon Boboxonov, 31-Saroyqo‘rg‘on saylov okrugi deputati Nargiza Yarmuxamedova  Narpay tumani aholisi va jamoatchilik faollari bilan fikr almashdilar.

✅Uchrashuvda Narpay tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Samariddin Dagarov ishtirok etdi.

💠Munozaralar davomida hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit. aholini qiynayotgan dolzarb muammolar, yoshlar tarbiyasi va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari, obodonlashtirish ishlarining amaldagi holati chuqur muhokama qilindi.

💠Tuman faollari tomonidan mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif hamda mulohazalar bildirildi.

💠O‘z navbatida, deputatlar tomonidan tuman faollari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi muammolarini joyida hal etish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

⚡️Shuningdek, uchrashuvda viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha muammolar aniqlanib, ularni hal etish yo‘llari yuzasidan ham fikr almashildi.

Slide 1 of 3