Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xalq deputatlari tuman Kengashida qonunlar ijrosini ta’minlash va aholiga yetkazish masalalari muhokama qilindi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov rahbarligida doimiy komissiya raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlar va Hukumat qarorlarining mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish, ularning ijrosini ta’minlash hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, deputatlarga biriktirilgan 162 ta qonun va Hukumat qarorlarining mazmun-mohiyatini mahallalarda keng targ‘ib qilish,
fuqarolarga ularning ahamiyatini sodda va tushunarli tarzda yetkazish, aholini qiziqtirayotgan savollarga huquqiy asoslangan javoblar berish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Ta’kidlanganidek, mahallalarda o‘tkaziladigan uchrashuvlar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar orqali qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ularning hayotdagi amaliy ahamiyatini tushuntirish deputatlarning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya raislari va deputatlarga mahallalar kesimida targ‘ibot tadbirlarini tizimli tashkil etish, aholi bilan muloqotlarni
kuchaytirish hamda biriktirilgan qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
 

Slide 1 of 4