Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
24-muhim tavsiya doirasida: Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li o‘z saylov okrugi hududidagi “Naqqoshlik” mahallasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari holatini o‘rgandi.

Deputat tashrif davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini shuningdek, ularning amaliyotdagi ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Ayniqsa, davlat xizmatlaridan foydalanishda uchrayotgan muammolar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishga oid takliflarga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularni qonunchilik talablariga muvofiq hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda davlat xizmatlarining sifatini oshirish jamiyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4