Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Yu.Sakkokiy ko'chasidagi elektr simlariga tegib turgan daraxt shoxlari butalandi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

❗️Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Yu.Sakkokiy ko'chasidagi elektr simlariga tegib turgan daraxt shoxlari butalandi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "13-Uchtepa" okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan fuqarolar murojaatiga asosan Yu.Sakkokiy ko'chasidagi 71-, 119-, 127- va 137-xonadonlar ro‘parasida elektr tarmoqlariga tegishli havo elektr uzatish simlariga daraxt shoxlari tegib turganligi, bu esa kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida qisqa tutashuvlar hamda avariya holatlari yuzaga kelish xavfini keltirib chiqarayotganligi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, Uchtepa tumani “13-Uchtepa” saylov okrugi hududidagi Y.Sakkokiy mahallasida joylashgan Y.Sakkokiy ko‘chasidagi 71, 119, 127 va 137-sonli xonadonlar oldidagi elektr tarmoqlariga yaqin joylashgan daraxtlar holati mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.

☄️ Fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, kuchli shamol va yog‘ingarchilik oqibatida daraxt shoxlarining sinishi natijasida havo elektr tarmoqlariga zarar yetishi, elektr taʼminotida uzilishlar hamda yong‘in xavfining oldini olish maqsadida Uchtepa tumani elektr tarmoqlari bo‘limi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida havo elektr tarmoqlari o‘tgan hududlardagi daraxt shoxlarini butalash ishlari amalga oshirilgan.

🕯 Mazkur ishlar natijasida elektr tarmoqlarining xavfsiz ekspluatatsiyasi taʼminlandi hamda ehtimoliy avariya holatlarining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganligi ma'lum qilingan.

💼 Ushbu masala Kengash kotibiyati tomonidan joyiga chiqib o'rganilib, haqiqatda muammo bartaraf etilgani yuzasidan asosli ma'lumotlar olindi.

Slide 1 of 4