Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat F.Mamajonov saylangan "Oq oltin" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilib, mahalla fuqarolar yig‘inida davlat tiliga oid qonunchilik talablarining amaliy ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahallada ish yuritish hujjatlarining davlat tilida rasmiylashtirilishi, tashqi va ichki axborot vositalari, ko‘rgazmali yozuvlar hamda fuqarolar bilan muloqotda davlat tilidan foydalanish holati o‘rganildi. Shuningdek, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga to‘liq rioya etish, rasmiy hujjatlarni yuritish sifatini oshirish hamda davlat tilining jamiyatdagi nufuzini yanada yuksaltirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablarining amaliy ijrosini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4