Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2026-yil 6 oyi mobaynidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan Qo‘qon shahar Tez tibbiy yordam markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, tez yordam brigadalarining faoliyati, moddiy-texnik ta’minoti, tibbiy xizmatlarning tezkorligi hamda fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Mazkur qonun sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat kafolatlari va fuqarolarning malakali tibbiy yordam olish huquqlarini belgilaydi.

Shuningdek, markaz faoliyatida aniqlangan mavjud holatlar, xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish natijalari umumlashtirilib, bildirilgan taklif va tavsiyalar Kengashning navbatdagi sessiyasida Shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisobotini muhokama qilish jarayonida inobatga olinishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4